Выберите язык

Iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini o‘rganish hamda fuqarolarning huquqiy xabardorligini oshirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining tegishli buyrug‘i asosida Toshkent viloyati hududiy birlashmasi tarkibidagi Qibray tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazida monitoring o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.
O‘rganishlar davomida markazda iste’molchilarga, ya’ni tibbiy xizmatlardan foydalanuvchi fuqarolarga yaratilgan sharoitlar, xizmatlar haqida axborotlarning ochiqligi va fuqarolar uchun zarur ma’lumotlarning mavjudligi kabi masalalarga e’tibor qaratilmoqda.
Jumladan, markaz hududida fuqarolar uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlar joylashtirilgan axborot burchagi mavjudligi ham ko‘zdan kechirildi. Unda muassasaning ish vaqti, turli hujjatlar, fuqarolar uchun zarur ma’lumotlar hamda xizmat ko‘rsatishga oid boshqa axborotlar aks ettirilgan.
Monitoring jarayonida iste’molchilarning huquq va manfaatlarini ta’minlash bilan bir qatorda, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, tibbiy xizmatlardan foydalanishda o‘z huquqlarini bilishi va zarur hollarda belgilangan tartibda murojaat qilishi muhimligi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Bugungi kunda tibbiy xizmat ham iste’molchi va xizmat ko‘rsatuvchi o‘rtasidagi muhim munosabatlardan biridir. Fuqaro tibbiy xizmatdan foydalanar ekan, o‘ziga ko‘rsatilayotgan xizmat haqida zarur va tushunarli axborot olish, xizmat ko‘rsatish shartlari bilan tanishish hamda o‘zining qonuniy manfaatlari buzilgan deb hisoblagan taqdirda tegishli tartibda murojaat qilish huquqiga ega.
Shu nuqtayi nazardan, bunday monitoring o‘rganishlarining ahamiyati katta. Chunki o‘rganishlar orqali mavjud holatga baho berish bilan birga, iste’molchilar huquqlarini ta’minlashga qaratilgan ishlarni yanada takomillashtirish, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berish va aholiga huquqiy tushuntirishlar yetkazish imkoniyati yaratiladi.
Qibray tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan mazkur yo‘nalishdagi monitoring o‘rganishlari davom ettirilmoqda.
Hurmatli iste’molchilar! Siz ham tibbiy yoki boshqa xizmatlardan foydalanish jarayonida huquqingiz buzilgan deb hisoblasangiz, befarq bo‘lmang. Muammo yuzaga kelganda o‘z huquqlaringizni himoya qilish uchun tegishli tartibda murojaat qilishingiz mumkin.
📞 1091 — Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ishonch telefoni
🌐 murojaat.istemol.uz — onlayn murojaat yuborish imkoniyati

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening