Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash masalalari doimo e’tiborda bo‘lishi lozim. Shu maqsadda Yangiyo‘l tumanidagi tibbiyot birlashmasida monitoring o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida tibbiyot muassasasida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga oid talablar asosida tashkil etilgani, xizmatlardan foydalanuvchilarga zarur axborotlarni yetkazish hamda ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish masalalariga e’tibor qaratildi.
Monitoring jarayonida muassasada iste’molchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, o‘z huquqlarini bilishi va zarur hollarda qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot-tashviqot ishlari ham olib borildi.
Tibbiy xizmatdan foydalanayotgan har bir fuqaro o‘ziga ko‘rsatilayotgan xizmat haqida yetarli va tushunarli ma’lumot olish, xizmat sifati bo‘yicha savollar tug‘ilganda tegishli tartibda murojaat qilish huquqiga ega.
Shuningdek, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish yo‘nalishida olib borilayotgan monitoring o‘rganishlarining asosiy maqsadi kamchiliklarni aniqlash bilangina cheklanmay, aholining huquqiy xabardorligini oshirish, iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish va xizmat ko‘rsatish madaniyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan.
Bunday o‘rganishlar davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va tushuntirishlar berilib, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.
Hurmatli iste’molchilar! Tibbiy xizmatlardan foydalanish jarayonida huquqlaringiz buzilgan deb hisoblasangiz, befarq bo‘lmang. O‘z huquqlaringizni bilish va ularni qonuniy tartibda himoya qilish muhim.
📞 1091 — Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ishonch telefoni
🌐 murojaat.istemol.uz — onlayn murojaat yuborish imkoniyati
Yangiyo‘l tumanida tibbiyot muassasasida monitoring o‘rganish ishlari olib borildi
- Информация о материале
- Автор: Toshkent viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 11
























