Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda iste’molchilar bilan bog‘liq muammolarni ijobiy hal etish — iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimining muhim vazifalaridan biridir.
Qumqo‘rg‘on tumanida ham ushbu yo‘nalishda amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, fuqaro To‘rayev Baxtiyor Abdurasulovich tomonidan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ishonch telefoniga murojaat yo‘llangan.
Murojaat Qumqo‘rg‘on tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari hamda “Yuksalish” do‘konlar tarmog‘ining Qumqo‘rg‘on filiali mas’ullari tomonidan o‘rganib chiqildi.
O‘rganish jarayonida fuqaroning xarid qilgan mahsuloti bilan bog‘liq muammosi aniqlanib, uni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi. “Hantaji” servis xodimi tomonidan iste’molchiga mahsulot bilan bog‘liq holat yuzasidan batafsil tushuntirish berildi hamda tegishli servis xizmati tomonidan murojaat qabul qilinib, muammo ijobiy hal etildi.
Shuningdek, Qumqo‘rg‘on tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yuborilgan rasmiy javob xatida murojaat ko‘rib chiqilgani va fuqaroning muammosi bartaraf etilgani qayd etilgan.
Mazkur holat iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda tegishli tashkilotlar hamda tadbirkorlik subyektlarining hamkorligi muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.
Iste’molchilar o‘z huquqlari buzilgan deb hisoblagan taqdirda, tegishli tartibda murojaat qilishlari va o‘z qonuniy manfaatlarini himoya qilishni talab qilishlari mumkin.
Qumqo‘rg‘on tumanida fuqaroning murojaati o‘rganilib, xarid qilingan mahsulot bilan bog‘liq muammo bartaraf etildi
- Информация о материале
- Автор: Surxondaryo viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 19
























