Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqish hamda isteʼmolchilar manfaatlarini tiklash Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.
Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli “Ishonch telefoni” orqali Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro J.L. tomonidan murojaat kelib tushdi. Murojaatda fuqaro “Xon Saroy Best” qurilish kompaniyasiga toʻlangan 278 million soʻm mablagʻni belgilangan muddatda qaytarib ololmayotgani sababli amaliy yordam soʻragan.
Mazkur murojaat Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Toshkent shahar Yunusobod tuman jamiyati tomonidan belgilangan tartibda oʻrganilib, qurilish kompaniyasi bilan tegishli muzokaralar va huquqiy tushuntirish ishlari olib borildi.
Oʻrganishlar davomida aniqlanishicha, fuqaro va quruvchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma bekor qilingan boʻlib, shartnoma shartlariga muvofiq kiritilgan mablagʻlar bosqichma-bosqich qaytarilishi belgilangan
Koʻrilgan choralar natijasida isteʼmolchining huquqlari tiklanishi yoʻlida muhim natijaga erishildi. Xususan, 2026-yil 17-iyun kuni fuqaro hisobiga 50 000 000 (ellik million) soʻm mablagʻ qaytarildi. Bundan avval ham 91 million 750 ming soʻm miqdoridagi mablagʻ qaytarilgan boʻlib, navbatdagi 50 million soʻmlik toʻlovning amalga oshirilishi murojaatning ijobiy hal etilishida muhim bosqich boʻldi.
Shuningdek, qurilish kompaniyasi tomonidan qolgan mablagʻlar ham 2026-yil uchinchi choragi davomida toʻliq qaytarilishi yuzasidan rasmiy ma'lumot olindi.
Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini tezkor va samarali koʻrib chiqish hamda isteʼmolchilar huquqlarini tiklash borasidagi ishlarni izchil davom ettirmoqda.
Qurilish kompaniyasidan iste'molchi foydasiga 50 million so'm undirib berildi
- Информация о материале
- Автор: Poytaxt matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 13
























