Выберите язык

  2026-yil 29-iyun kuni Navoiy shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan NKMK Jamgʻarmasiga qarashli Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi mas’ullari ishtirokida rejaga asosan navbatdagi targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Tadbir davomida Oʻzbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining asosiy faoliyat yoʻnalishlari, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda       Federatsiya a’zoligining afzalliklari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga iste’molchilar huquqlari buzilgan holatlarda murojaat qilish tartibi, huquqiy maslahat va amaliy yordam olish imkoniyatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Uchrashuv savol-javoblar ruhida oʻtib, qatnashchilarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan batafsil javoblar taqdim etildi.
  Tadbir yakunida Federatsiya a’zoligiga qabul qilish boʻyicha targʻibot ishlari izchil davom ettirilishi hamda aholi va mehnat jamoalari oʻrtasida iste’molchilik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan bunday uchrashuvlarni muntazam tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening