Выберите язык

⚡️Salkam 5 million soʻmlik nosoz  yangi yaroqlisiga almashtirib berildi 

Televizor — televideniye signallarini qabul qilib, ularni harakatlanuvchi tasvir va ovozga aylantirib, tomoshabinlarga yetkazadigan elektron qurilma. Bugungi kunda ushbu qurilmaning qator model va dizayndagilarini xarid qilish mumkin.

Murojaatda bayon etilishicha,
Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanida yashovchi fuqaro N.H tumandagi savdo majmualarning biridan boʻlib toʻlash sharti bilan  4 million 899 ming soʻmlik Moonx rusumli televizorni xarid qilgan. Oradan bir necha kun vaqt oʻtib televizor nosoz holga kelib ishlamay qolgan. Fuqaro muammoni yechish maqsadida savdo majmua rahbariga murojaat qilib borganida eshitishni ham istamagan.

Fuqaro soʻng Gʻuzor tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislariga murojaat qilgan.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati ushbu vaziyatga aralashib, o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida sotuvchi tomonidan iste’molchi huquqlari qo‘pol ravishda buzilgani aniqlandi.

✅ Jamiyatning aralashuvi natijasida, iste’molchining buzilgan huquqlari tiklanib, nosoz boʻlgan 4 million 899 ming soʻmlik nosoz televizor yangi yaroqlisiga almashtirib berildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening