Выберите язык

Boysun tumani “To‘g‘chi” mahallasida yashovchi fuqaro S. Aliyevning 2026-yil 24-mart kuni tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yo‘llagan murojaati o‘rganib chiqildi.

📌 Murojaat mazmuni:
Fuqaro Boysun tumani “Istiqlol” ko‘chasida joylashgan savdo do‘konidan 1 550 000 so‘mga xarid qilgan suv tortgich asbobi (motor) sifatsiz chiqqani sababli uni qaytarib olishni so‘ragan, biroq do‘kon xodimlari murojaatni e’tiborsiz qoldirgan.

📌 O‘rganish natijasi:
Mazkur holat mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, iste’molchining talabi qonuniy ekani aniqlandi.

✔️ Fuqaroga maxsulot olish uchun to'langan puli qaytarib berildi.

📌 Shuningdek, do‘kon xodimiga Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida qonuni talablari hamda iste’molchilarning huquqlari bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.

✅ Murojaat ijobiy hal etildi.

☎️ Iste’molchi sifatida huquqlaringiz buzilsa, 1091 ishonch telefoniga murojaat qiling.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening