Выберите язык

Samarqand shahridagi jarima maydonchasida monitoring o‘tkazildi

Samarqand shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Samarqand shahri, Nabiev ko‘chasi, 5B-uy manzilida joylashgan “Avtospektr Samarqand” MCHJga qarashli jarima maydonchasida monitoring tadbiri o‘tkazildi.

Monitoring davomida maydonchada fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, transport vositalarini saqlash sharoitlari, hududning sanitariya holati, yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi hamda iste’molchilar uchun zarur axborotlarning mavjudligi o‘rganildi.

Shuningdek, mas’ul xodimlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, xizmatlar ko‘rsatishda amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Monitoring yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, iste’molchilarga qulay va sifatli xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

Samarqand shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan bu kabi monitoring tadbirlari iste’molchilarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini ta’minlash maqsadida muntazam ravishda davom ettiriladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening