Ishtixon tumani tibbiyot bo‘limi faoliyati o‘rganildi
Ishtixon tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, iste’molchilarning huquq va manfaatlariga rioya etilishi hamda xizmat ko‘rsatish jarayonlarining amaldagi talablarga muvofiqligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida Ishtixon tumani tibbiyot bo‘limida fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati, xizmat ko‘rsatish sifati, sanitariya-gigiyena holati hamda iste’molchilarning murojaatlari bilan ishlash jarayonlariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, tibbiy xizmatlardan foydalanuvchilarning huquqlarini ta’minlash, ularga xizmatlar to‘g‘risida zarur va tushunarli ma’lumotlarni yetkazish, xizmat ko‘rsatishda qonunchilik talablariga rioya etish masalalari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholiga sifatli va qonuniy asosda tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish tavsiya etildi.
Iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda xizmat ko‘rsatish sohasida qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish va targ‘ibot ishlari davom ettiriladi.
Ishtixon tumani tibbiyot bo‘limi faoliyati o‘rganildi
- Информация о материале
- Автор: Samarqand viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 23
























