Выберите язык

Hurmatli tadbirkorlar!

Sizlarni 20 avgust — Tadbirkorlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!

Tadbirkorlik — mamlakat iqtisodiy taraqqiyoti, yangi ish o‘rinlari yaratilishi, aholi farovonligi va bozorda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishning muhim omilidir. Yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash borasidagi islohotlarda Sizning mehnatingiz va tashabbuslaringiz alohida ahamiyat kasb etadi.

Ayniqsa, iste’molchilarga sifatli va xavfsiz mahsulotlar, zamonaviy xizmatlar taqdim etish, iste’molchilar huquq va manfaatlarini hurmat qilish hamda halol raqobat tamoyillariga amal qilish — har bir tadbirkorning yuksak mas’uliyatidir.

Federatsiyamiz jamoasi nomidan barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, yangi g‘oya va tashabbuslar, baraka va rivoj tilaymiz!

Tadbirkorlik yo‘lidagi ezgu ishlaringiz hamisha yuksak samaralar va munosib natijalar bilan hamohang bo‘lsin!

Tadbirkorlar kuni muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening