Выберите язык

SAMARQAND VILOYATI HUDUDIY BIRLASHMASIDA NAVBATDAGI KENGASH YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Samarqand viloyati hududiy birlashmasida navbatdagi kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan faoliyat hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Shuningdek, iste’molchilarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, joylarda targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.
Asosiy maqsad — iste’molchilar manfaatlarini ishonchli himoya qilish, murojaatlarga o‘z vaqtida yechim topish va aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishdir.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening