Выберите язык

    2026-yil 16-noyabr kuni Tomdi tumanidagi savdo nuqtalarida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan monitoring va o‘rganish ishlari olib borildi.
🔹 O‘rganishlar jamoatchilik nazorati tartibida tashkil etilib, savdo nuqtalarida iste’molchilar uchun yaratilgan sharoitlar, mahsulotlar savdosi hamda belgilangan talablarga rioya etilishi holatlariga e’tibor qaratildi.
⚖️ Monitoring jarayonida kuzatilgan ayrim kamchiliklar yuzasidan savdo nuqtalari mas’ullariga tegishli tushuntirishlar berildi. Shuningdek, iste’molchilar huquqlari va qonunchilik talablariga rioya etish, xaridorlarga sifatli hamda xavfsiz mahsulotlar taklif qilish muhimligi alohida ta’kidlandi.
✅ Bunday monitoring tadbirlarining asosiy maqsadi — savdo sohasida qonuniylikni ta’minlash, iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish va aholiga sifatli xizmat ko‘rsatilishiga erishishdan iborat.
🤝 Tomdi tumanida bu yo‘nalishdagi jamoatchilik nazorati va targ‘ibot ishlari davom ettiriladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening