Выберите язык

  Navbahor tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumanidagi Qiziloy MFY, Chorvoqzor ko‘chasi, 71-uyda yashovchi fuqaro N.M. murojaat qildi.
🔹 Fuqaro murojaatida tumandagi savdo do‘konlaridan biridan 300 000 so‘mga xarid qilgan ayollar kiyimi sifatsiz chiqqanini bildirgan. U xarid qilingan kunning o‘zidayoq sotuvchiga murojaat qilgan bo‘lsa-da, kiyim sifatlisiga almashtirib berilmagani yoki to‘langan pul qaytarilmaganidan noroziligini bayon etgan.
⚖️ Navbahor tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan murojaat yuzasidan tegishli ishlar olib borildi. Sotuvchiga iste’molchining qonuniy huquq va manfaatlari, sifatsiz tovar bo‘yicha qonunchilikda belgilangan talablar yuzasidan tushuntirish berildi.
✅ Natijada fuqaroning murojaati ijobiy hal etilib, sifatsiz ayollar kiyimi sifatlisiga almashtirib berildi.
🤝 Ushbu holat iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik nazorati va mutaxassislar aralashuvi muhim ahamiyatga ega ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.
Unutmang! Xarid qilgan mahsulotingiz sifatsiz bo‘lsa, o‘z huquqlaringizni talab qilishdan tortinmang. Muammoli vaziyatlarda Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening