Выберите язык

Oqoltin tumanida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida fuqaro tomonidan soliqqa oid masala yuzasidan murojaat yo‘llandi. Murojaatni o‘rganish va fuqaroga amaliy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida mas’ullar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur murojaat yuzasidan Soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Davron Ishirov Oqoltin hamda Mirzaobod tumanlari Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari raislari bilan hamkorlikda fuqaro bilan muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida fuqaro tomonidan ko‘tarilgan masalaning mazmun-mohiyati atroflicha o‘rganildi. Murojaatda qayd etilgan holatlar tegishli mutaxassislar ishtirokida joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqilib, mavjud muammoga huquqiy va amaliy jihatdan baho berildi.

Muloqot jarayonida fuqaroga masalaning yechimi yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi. Mas’ullar tomonidan murojaatda ko‘tarilgan masalani hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilib, fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi.

Bunday sayyor qabullar aholining muammolarini bevosita joyida o‘rganish, fuqarolarni qiynayotgan masalalarga tezkor yechim topish hamda davlat tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shuningdek, murojaatlarni faqat qabul qilib qolmasdan, ularning mazmunini chuqur o‘rganish va amaliy natija bilan yakunlash fuqarolarning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Oqoltin tumanida o‘tkazilgan mazkur uchrashuv ham murojaatlarni joyida ko‘rib chiqish va mavjud muammolarga hamkorlikda yechim topishning amaliy namunalaridan biri bo‘ldi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening