Выберите язык

⚡️Shahrisabz shahrida chiqindi boʻyicha noreal qarzdorlik isteʼmolchi foydasiga hal etildi 

Qattiq va maishiy chiqindilarni to‘plash hamda olib chiqib ketish ishlari amaldagi tartiblarga muvofiq, ko‘p kvartirali turar joylarda maxsus chiqindi to‘plash shoxobchalari orqali, yakka tartibdagi turar joy sektorida esa “signal” usulida amalga oshiriladi. 

Murojaatda bayon etilishicha,
Shahrisabz shahar Boʻston MFY da yashovchi fuqaro Rahmatov Husan "BI - SAY" MCHJ tomonidan chiqindi boʻyicha asossiz qarzdorlik hisoblangani va ushbu qarzdorlikni notarial harakatni amalga oshirish uchun toʻlov qilib endilikda toʻlangan soʻmmani qaytarilishini soʻragan, lekin isteʼmolchini tinglashni ham istamagan.

Mazkur murojaat belgilangan tartibda Shahrisabz shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot vakillariga amaldagi qonunchilikka muvofiq ularning majburiyatlari, shuningdek, iste’molchilarning huquqlari atroflicha tushuntirildi.

✅ Ko‘rilgan choralar natijasida chiqindilarni olib ketish ishlari belgilangan grafik asosida, o‘z vaqtida amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yilganidan soʻng fuqaroga qoʻyilgan noreal qarzdorlik bekor qilindi.

Hurmatli isteʼmolchilar! Agar xizmat ko‘rsatishda muammo yuzaga kelsa, 1091 qisqa raqamiga murojaat qiling. Har bir murojaatingiz qonuniy asosda ko‘rib chiqiladi va huquqlaringiz himoya qilinadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening