Выберите язык

Denov tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro M.M. tomonidan murojaat kelib tushgan.  Murojaatda fuqaro Denov shahri bozori hududida joylashgan savdo do‘konidan 32 dyumli televizor xarid qilgani, mahsulotdan foydalanish davomida nuqson mavjudligi aniqlanganligi sababli o‘sha kunning o‘zida do‘konga qaytarib topshirilganini bildirgan. Shunga qaramay, 1 320 000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘i uzoq muddat davomida qaytarib berilmaganligi yuzasidan amaliy yordam so‘ralgan. 
Mazkur murojaat Denov tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan savdo do‘koni vakillari va murojaatchi ishtirokida o‘rganib chiqildi.
O‘rganish davomida tadbirkorga iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun talablari tushuntirildi. Natijada fuqaro M.M.ga 1 320 000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘i qaytarib berilishi ta’minlandi. 
Denov tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi faoliyatini davom ettirmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening