Выберите язык

Sariosiyo tumani “Tortuli” mahallasida yashovchi fuqaro U.Abdullayeva “Xalq banki” bankomatidan naqd pul yechish jarayonida texnik muammoga duch kelgan. Holatga ko‘ra, bankomatdan 500 000 so‘m naqd pul chiqmagan bo‘lsa-da, ushbu mablag‘ fuqaroning plastik kartasidan yechib olingan.

Mazkur murojaat Sariosiyo tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari hamda bank xodimlari hamkorligida atroflicha o‘rganib chiqildi.

O‘rganish davomida yuzaga kelgan holat bankomatdagi texnik nosozlik oqibatida sodir bo‘lgani aniqlanib, fuqaroning plastik kartasidan yechilgan 500 000 so‘m mablag‘ni to‘liq qaytarish choralari ko‘rildi.

Natijada murojaat ijobiy hal etilib, iste’molchining qonuniy manfaatlari tiklandi.

Eslatib o‘tamiz, iste’molchilar o‘z huquqlari buzilgan holatlarda hududiy iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga murojaat qilishlari mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening