Выберите язык

⚡️ Koʻkdala tumanida salkam 3 mln soʻmlik nosoz muzlatgich yangi yaroqlisiga almashtirib berildi 

Texnik jihatdan murakkab tovarlar — bu changyutkich, elektropech va muzlatgich shunga o‘xshash murakkab konstruksiyaga ega mahsulotlardir.

Murojaatda bayon etilishicha, Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumanida yashovchi fuqaro K.M tumanda joylashgan savdo majmualarning biridan 2 900 000 soʻmga muzlatgich xarid qilgan. Fuqaro savdo majmua rahbariga  murojaat qilib, xarid qilgan mahsulotni nosoz holda ekanligini aytmoqchi boʻlib borganida, sotuvchi eshitishni ham istamagan. Shundan so‘ng, fuqaro amaliy yordam so‘rab Koʻkdala tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislariga murojaat bilan chiqgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tegishli o‘rganish va tushuntirish ishlari olib borildi. O‘rganishlar davomida iste’molchilarga amaldagi qonun va qonun osti hujjatlariga muvofiq ravishda majburiyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Natijada, nosoz 2 900 000 soʻmlik muzlatgich yangi yaroqlisiga almashtirib berildi.

✅ Mazkur holat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimining fuqarolarning murojaatlariga tezkor va samarali tarzda javob berish, ularning muammolarini joyida hal etish yo‘lidagi faoliyatining yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening