Выберите язык

⚡️Shahrisabz shahrida iste'molchini kiyim almashtirish bo‘yicha huquqi ta'minlandi

👕 Kiyim-kechak xarid qilayotgan har bir iste'molchi mahsulotning sifati, o‘lchami va qulayligiga ishonch bildiradi.

🛒 Biroq ayrim hollarda xarid qilingan kiyim belgilangan talablarga mos kelmasligi yoki undan foydalanishning imkoni bo‘lmasligi mumkin. 

❕Bunday vaziyatlarda iste'molchining qonuniy huquqlari himoya qilinishi muhim ahamiyat kasb etadi.

📍 Qashqadaryo viloyati

📜 Shahrisabz shahrida yashovchi fuqaro L.H. “Arabon buyumlar” bozoridagi do‘kondan 350 000 so‘mga ayollar kiyimini xarid qilgan. 

📄 Biroq kiyim o‘lchami kichik chiqib, foydalanishga yaroqsiz bo‘lgan. 

🖋 Do‘konga murojaat qilganiga qaramay, muammo o‘z vaqtida hal etilmagan.

🏛 Fuqaro huquqiy yordam so‘rab Shahrisabz shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi.

🏢 Jamiyat mutaxassislari savdo do‘koni xodimlari bilan birgalikda masalani o‘rganib chiqishdi.

✅ Xarid qilingan kiyim boshqasiga almashtirib berildi va murojaat ijobiy yakun topdi.

✔️ Iste'molchilar har qanday mahsulotni xarid qilishda chek va boshqa xarid hujjatlarini saqlab qo‘yishlari tavsiya etiladi.

⚖ Agar sotuvchi qonuniy talablarni bajarmasa, iste'molchilar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlarga murojaat qilish orqali o‘z huquqlarini tiklashlari mumkin.

❗️Bu murojaat ham iste'molchining manfaatlari qonun doirasida himoya qilinishini yana bir bor tasdiqladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening