Выберите язык

⚡️ Qarshi shahrida nosoz televizor yangisiga almashtirib berildi

📺 Televizor bugungi kunda xonadonning eng muhim maishiy texnikalaridan biri bo‘lib, sifatli tasvir va ishonchli ishlashi har bir xaridor uchun muhim ahamiyatga ega.

⚖ Xarid qilingan mahsulotda nuqson aniqlansa yoki sotuvchi qonunchilikda belgilangan majburiyatlarni bajarmasa, iste’molchi o‘z huquqlarini himoya qilishga haqlidir.

📍 Qashqadaryo viloyati

📜 Qarshi shahrida yashovchi fuqaro Ch.R. “SATURN MEDIA SYSTEM” MChJ do‘konidan 4 280 000 so‘mga televizor xarid qilgan.

📄 Oradan hech qancha vaqt o'tmay elevizor ekranida nuqson borligi aniqlangan, xarid jarayonida NKM cheki berilmagan va servis xizmati o‘z vaqtida ko‘rsatilmagan.

🏛 Iste'molchi holatdan norozi bo‘lib, Qarshi shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga amaliy yorda so'rab murojaat qilgan.

🏢 Shahar jamiyat mutaxassislari masalani murojaat qonun doirasida atroflicha o‘rganilib, do‘kon rahbari va iste'molchi yuzma - yuz suhbat olib borildi va iste'molchi haqligi aniqlandi.

🔄 Natijada, 4 280 000  so'mlik yaroqsiz televizor do'konga qayta topshirib, o‘rniga shu rusumdagi yangi va sifatli televizorg almashtirib berildi.

✅ Ushbu murojaatning ijobiy hal etilishi iste’molchilarning qonuniy huquqlarini himoya qilish, sifatsiz mahsulotlar bo‘yicha adolatni ta’minlash hamda tadbirkorlarning iste’molchilar oldidagi mas’uliyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening