Выберите язык

⚡️ Qarshi shahrida bolalar aravachasi o‘z vaqtida yetkazib berilmagani sababli iste’molchiga to‘langan mablag‘ qaytarildi

🛒 Farzand uchun xarid qilinadigan mahsulotlar, ayniqsa bolalar aravachasi, ota-onalar uchun eng zarur buyumlardan biri hisoblanadi.

❕Shu bois bunday mahsulotlarning o‘z vaqtida yetkazib berilishi va sotuvchi tomonidan shartnoma shartlariga rioya qilinishi iste’molchining qonuniy huquqidir.

📍 Qashqadaryo viloyati

📑 Maʼlum boʻlishicha, Nishon tumanida yashovchi fuqaro M.N. Qarshi shahridagi “BABY CAR” savdo do‘konidan 700 000 so‘mga bolalar aravachasini xarid qilgan. 

⚙ Biroq mahsulot o‘z vaqtida yetkazib berilmagan va do‘kon rahbariyati to‘lovni qaytarishdan bosh tortgan.

🏛 Iste'molchi bu holatdan norozi bo‘lib, Qarshi shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi. 

🤝 Shahar jamiyat mutaxassislari masalani yetarlicha o‘rganib, do‘kon rahbariyati bilan ishlashdi. 

✔️ Natijada “BABY CAR” do‘koni tomonidan 700 000 so‘m to‘liq qaytarib berilib murojaat ijobiy hal etildi.

⚖ Iste’molchi xarid qilingan mahsulot yoki ko‘rsatilayotgan xizmat bo‘yicha shartnoma shartlari bajarilmagan taqdirda, o‘z huquqlarini himoya qilishga haqlidir. 

✅ Qarshi shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan olib borilgan amaliy ishlar natijasida ushbu murojaat ham iste’molchi manfaatlari yo‘lida ijobiy hal etildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening