Выберите язык

⚡️ Shahrisabz shahrida yana bir isteʼmolchi murojaati ijobiy yakun topdi 

Bugungi kunda kommunal xizmatlardan foydalanishda ham isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish masalasi dolzarb hisoblanadi. Aholidan kelayotgan murojaatlarda ko‘pincha gaz, elektr yoki suv taʼminotiga oid muammolar tilga olinmoqda.

📍Qashqadaryo viloyati

Shu kabi murojaatlardan biri, yaqinda Shahrisabz shahrida yashovchi fuqaro Suvonov Sohibqiron Muzrobovich Shahrisabz shahar elektr tarmoqlari transformator punktiga quyosh paneli oʻrnatgan, ushbu quyosh paneli texnik shartsiz ulanganligi sababli TP dan uzilgan. 

Holatni tushuntirish maqsadida fuqaro elektr taʼminoti xodimlari idorasiga yuzma-yuz suhbat qilish maqsadida borganida soha xodimlari fuqaroni bepisandlik qilib eshitishni ham istamagan. 

Mazkur voqealikdan koʻngli toʻlmagan isteʼmolchi Shahrisabz shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislariga amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan.

Shahar jamiyati mutaxassislari murojaatni atroflicha qonun doirasida oʻrganib chiqishdi. Elektr taʼminoti  xodimlari bilan birgalikda hujjatlar qonuniy kamchiliklarsiz rasmiylashtirildi va murojaat isteʼmolchi foydasiga hal etildi.

✅ Hurmatli isteʼmolchilar, yodda tuting!

• Kommunal xizmatlarda nosozlik yoki huquqbuzarlikka duch kelsangiz, murojaat qilish huquqiga egasiz.

• Har qanday masalada qonun sizning tarafingizda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening