Выберите язык

⚡️ Shahrisabz tumanida isteʼmolchi murojaati asosida basseyn suvi muammosi hal etildi

💧 Toza va sifatli suv har bir oila va dam olish maskani uchun eng muhim talablardan biridir.

☀️ Ayniqsa, yoz kunlarida basseyn yoki suv havzalari oilaviy dam olishning ajralmas qismiga aylanadi.

📍 Qashqadaryo viloyati



📑 Shahrisabz tumanida Miraki qishlog‘ida joylashgan “Family villa Madrid” dacha majmuasida dam olayotgan fuqaro D.N. basseyn suvining iflosligidan norozi bo‘lib, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlarining 1091 ishonch telefoniga murojaat qilgan.

🏢 Ushbu murojaatdan so'ng, Shahrisabz tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari masalani o‘rganib, dacha ma’muriyati va mas’ul xodimlar bilan suhbatlashgan.

✅ O‘rganish natijasida basseyn suvi to‘liq almashtirilib, fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi.

❗️Har qanday xizmat ko‘rsatish sohasida sifat va tozalik birinchi o‘rinda turishi kerak.

⚖️ Agar huquqlaringiz buzilsa, qonuniy yo‘llar bilan himoya qilishdan qo‘rqmang!

📞 1091 — Yagona ishonch telefoni (soat 09:00 dan 18:00 ga qadar)

🔗 Kanalimiz:
https://t.me/Qashqadaryoistemol

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening