Выберите язык

Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Xorazm viloyati hududiy birlashmasida 2026-yilning birinchi yarim yilligi yakunlari hamda amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, iste'molchilarning murojaatlari bilan ishlash natijalari muhokama etildi. Qayd etilishicha, 2026-yilning birinchi yarim yilligida jami 326 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 104 tasi Federatsiyaning 1091 ishonch telefoni orqali, 7 tasi Bosh prokuratura orqali, 207 tasi fuqarolarni shaxsiy qabul qilish jarayonida hamda 8 tasi Telegram bot orqali qabul qilingan.

Kelib tushgan murojaatlarning 310 tasi ijobiy hal etildi. Natijada iste'molchilar foydasiga 1 082 425 308 (bir milliard sakson ikki million to‘rt yuz yigirma besh ming uch yuz sakkiz) so‘m mablag‘ qaytarilishiga erishildi.

Kengash yig‘ilishida, shuningdek, 2026-yilning ikkinchi yarim yilligida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar muhokama qilinib, istiqboldagi ishlar yuzasidan aniq chora-tadbirlar va rejalar belgilab olindi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening