Выберите язык

Shahrisabz tumanida suyultirilgan gaz yetkazib berish muammosi ijobiy hal etilib, adolatli yakun topdi 

Suyultirilgan gaz ko‘plab oilalar uchun oshxona va isitish tizimining asosiy manbai hisoblanadi. 

Uni o‘z vaqtida va uzluksiz yetkazib berish har bir iste’molchining qonuniy huquqidir. 

Kechikishlar oila hayotiga jiddiy noqulaylik keltirishi mumkin. Bunday holatlarda iste’molchi huquqlarini himoya qilish tizimi muhim rol o‘ynaydi.

Murojaatda qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida yashovchi fuqaro A.Sh.  tuman gaz ta’minoti mas’ullari tomonidan suyultirilgan gaz o‘z vaqtida yetkazib berilmaganidan  gaz idorasiga murojaat qilgan. 

Soha xodimlari murojaatchiga bepisandlik qilib tinglashni ham istashmagan. 

Bo'lib o'tgan voqealikdan norozi bo‘lgan iste'molchi 1091 ishonch telefoni orqali amaliy yordam so'rab murojaat qilgan.  

Jamiyat mutaxassislari masalani qonun doirasida o‘rganib, gaz ta’minoti bo‘limi mas’ullari bilan birgalikda ishlashdi.

Natijada, suyultirilgan gaz o‘z vaqtida yetkazib berilishi ta’minlandi va masala ijobiy yo‘nalishda hal etilib, fuqaro murojaati qonun doirasida  ijobiy yakun topdi.

Kommunal xizmatlar, jumladan gaz ta’minoti ham sifatli va o‘z vaqtida bo‘lishi shart. 

Agar gaz yetkazib berishda kechikish yuzaga kelsa, o‘z huquqlaringizni himoya qilishdan tortinmang. 

Qonun siz tomonda — adolatli yechim uchun faol bo‘ling!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening