Выберите язык


Sho‘rchi tumanida iste’molchi murojaati o‘rganilib, sifati va yaroqlilik muddati bilan bog‘liq muhim holatlar aniqlandi
Iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, sifatsiz hamda iste’mol uchun yaroqsiz mahsulotlarning savdosiga yo‘l qo‘ymaslik borasida Sho‘rchi tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Sho‘rchi tumani Tamaddun mahallasida yashovchi fuqaro Xo‘shboqova Madina tomonidan tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilingan. Murojaatda fuqaro Tamaddun mahallasida joylashgan fuqaro N. Boltaevaga qarashli savdo do‘konidan 10 ming so‘mga pechenye mahsuloti sotib olgani, mahsulotni uyiga olib borib ko‘rganida uning ichidan qurt-qumursqalar chiqqani haqida ma’lum qilgan.
Fuqaro mazkur holat yuzasidan chora ko‘rilishini so‘rab murojaat qilgan. Murojaat bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilib, fuqaroning ko‘rsatmalari tegishli tartibda tekshirildi.
O‘rganish davomida murojaatda ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan savdo do‘koniga borib ko‘rilganda, haqiqatan ham fuqaro Xo‘shboqova Madina tomonidan 2026-yil 4-avgust kuni 10 ming so‘mga xarid qilingan pechenye mahsulotining bir qismi farzandlari tomonidan iste’mol qilingani, qolgan qismi esa yaroqlilik muddati o‘tgan va iste’molga yaroqsiz holatda ekanligi ma’lum bo‘lgan.
Shuningdek, murojaatni o‘rganish jarayonida savdo do‘konida naqd pulga savdo amalga oshirilganda onlayn nazorat-kassa cheki berilmayotgani hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli hujjatlar masalasida qonuniylik talablariga rioya etilmayotgani yuzasidan holatlar aniqlangan.
Mazkur o‘rganish natijalari asosida Sho‘rchi tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi O. Djo‘rayev tomonidan tegishli vakolatli tashkilotlarga murojaat qilinib, fuqaro N. Boltaevaga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda chora ko‘rish hamda aniqlangan holatlarga huquqiy baho berish so‘ralgan.
Bu kabi holatlar savdo faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlar tomonidan iste’molchilarga xavfsiz, sifatli va yaroqlilik muddati o‘tmagan mahsulotlarni taklif etish zarurligini ko‘rsatadi. Iste’molchilar esa xarid vaqtida mahsulotning yaroqlilik muddati, saqlash shartlari va boshqa muhim ma’lumotlarga e’tibor qaratishlari lozim.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening