Выберите язык


Angor tumanida fuqaroning ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq murojaati o‘rganilib, aniqlangan nosozliklar bartaraf etildi
Aholining murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda kundalik hayotida yuzaga kelayotgan muammolarni amaliy hal etish iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlarining muhim vazifalaridan biridir.
Angor tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Qorag‘iz mahallasida yashovchi fuqaro Xolliyeva Gulchehra tomonidan murojaat kelib tushgan. Murojaatda xonadoniga olib keluvchi ichimlik suvi quvuridagi nosozlik va xonadonda ichimlik suvi ta’minotining past darajada ekanligi ko‘rsatilgan.
Murojaat Angor tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganildi. O‘rganish jarayonida mas’ul mutaxassislar Angor tuman suv ta’minoti bo‘limi bilan bog‘lanib, fuqaroning murojaatida ko‘rsatilgan holat yuzasidan birgalikda ish olib bordilar.
O‘rganish natijasida xonadonga ichimlik suvi olib boruvchi quvurlarda nosozliklar mavjudligi aniqlandi. Shundan so‘ng Angor tuman Suv ta’minoti mutaxassislari tomonidan aniqlangan nosozliklar bartaraf etilib, xonadonda ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi.
Shu tariqa fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi. Mazkur holat bo‘yicha Angor tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan murojaat muallifiga tegishli javob berilgan.
Bu kabi murojaatlarning amaliy yechim topishi aholi uchun zarur bo‘lgan xizmatlar sifatini yaxshilash, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Angor tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish va iste’molchilarning qonuniy huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening