Выберите язык


Boysun tumanida iste’molchi murojaati o‘rganilib, unga qonuniy huquqlari bo‘yicha tushuntirish berildi
Iste’molchilarning murojaatlarini o‘rganish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida Boysun tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, Boysun tumani “Toqchi” mahallasida yashovchi fuqaro Doniyeva Maqsuda tomonidan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining “Ishonch telefoni” orqali murojaat yo‘llangan. Murojaat 2026-yil 10-avgust kuni ro‘yxatga olingan.
Fuqaro murojaatida Boysun tumani At-Termiziy ko‘chasi hududida joylashgan qurilish mollari savdo do‘konidan 1 million 600 ming so‘mga xarid qilgan vannasi nuqsonli chiqqani hamda mahsulotni qaytarib olishni so‘rab do‘kon xodimiga murojaat qilganida, murojaati e’tiborsiz qoldirilganini bildirgan.
Murojaat Boysun tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganildi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha iste’molchiga xarid qilingan vannani sifatlisiga almashtirish yoki mahsulot uchun to‘langan pul mablag‘larini qaytarib olish mumkinligi tushuntirildi. Shuningdek, do‘kon xodimiga O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni talablari hamda iste’molchining huquqlari haqida ma’lumot berildi.
Murojaat yuzasidan fuqaro bilan 2026-yil 12-avgust kuni telefon orqali suhbat o‘tkazilib, o‘rganish natijalari tushuntirildi. Murojaat muallifi berilgan tushuntirishlardan qanoat hosil qilganini bildirgan.
Mazkur holat iste’molchi o‘z huquqlarini bilishi va ularni himoya qilish uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilishi muhimligini yana bir bor ko‘rsatadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening