Выберите язык

Iste’molchining murojaati o‘rganilishi natijasida sifatsiz elektr dazmol bilan bog‘liq muammo bartaraf etilib, xaridor xohishiga ko‘ra boshqa mahsulotga almashtirib berildi.

Sherobod tumanida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va buzilgan huquqlarini tiklash borasida amaliy ishlar davom etmoqda.

Xususan, Sherobod tumani Sherobod mahallasi Beruniy ko‘chasida yashovchi fuqaro Dilorom Altiboyeva iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilib, Sherobod dehqon bozori hududidagi xo‘jalik mollari savdo do‘konidan xarid qilgan elektr dazmol nosoz chiqqanini bildirgan.

Fuqaroning ta’kidlashicha, xarid qilingan mahsulotdagi nosozlik sababli uni boshqa mahsulotga almashtirib berishni so‘ragan, biroq savdo do‘koni tomonidan ushbu masala dastlab ijobiy hal etilmagan.

Murojaat yuzasidan holat jamoatchilik tartibida o‘rganilib, masalaning mazmuni bo‘yicha savdo do‘koni egasiga tegishli tushuntirishlar berildi.

O‘rganish va olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida savdo do‘koni egasi tomonidan fuqaroning talabi inobatga olinib, xarid qilingan nosoz elektr dazmol uning xohishiga ko‘ra boshqa turdagi elektr dazmolga almashtirib berildi.

Natijada iste’molchining murojaati ijobiy hal etilib, mavjud muammoga yechim topildi. Fuqaro Dilorom Altiboyeva ko‘rsatilgan amaliy yordamdan mamnunligini bildirib, o‘z minnatdorligini izhor etdi.

Bu kabi holatlar savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida iste’molchilarning qonuniy talablariga rioya etish, mahsulot sifati uchun mas’uliyatni oshirish hamda xaridorlar manfaatlarini himoya qilish muhimligini yana bir bor ko‘rsatadi.

Sherobod tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va iste’molchilar huquqlarini tiklashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettiradi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening