Выберите язык

Iste’molchi murojaati o‘rganilishi natijasida avtomobillarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq kelishmovchilik bartaraf etilib, fuqaroning moddiy zarari to‘liq qoplandi.

 

Sherobod tumanida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, fuqarolarning murojaatlarida ko‘tarilgan muammolarni o‘rganish va ularning qonuniy manfaatlarini tiklash borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Sherobod tumani Do‘stlik mahallasi Mustaqillik ko‘chasi 84-uyda yashovchi fuqaro Dilshodbek Shaymurodov O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qilgan.

Dastlab murojaat yuzasidan fuqaro bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud holat va kelishmovchilik sabablari muhokama qilindi. Shundan so‘ng murojaat mazmunan tegishli bo‘lgan «ISAKO» nomli avtomobillarga xizmat ko‘rsatish va savdo do‘koniga borilib, masala joyida o‘rganildi.

O‘rganish va muhokama jarayonida savdo do‘koni ma’muriyati hamda avtomobillarga xizmat ko‘rsatish ustasi Toxir Jo‘rayev ishtirok etdi. Tomonlarga amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirishlar berilib, kelishmovchilikni o‘zaro kelishuv asosida hal etish choralari ko‘rildi.

Natijada savdo do‘koni ma’muriyati va usta T. Jo‘rayev tomonidan iste’molchining takliflari hamda tomonlar o‘rtasidagi kelishuvga asosan 2 180 000 (ikki million bir yuz sakson ming) so‘m moddiy zarar qoplab berildi.

Shu tariqa, fuqaroning murojaati ijobiy hal etilib, tomonlar o‘zaro yarashuvga erishdi. Iste’molchi ko‘rsatilgan amaliy yordam va masalaning ijobiy yechimidan mamnunligini bildirib, o‘z minnatdorchiligini izhor etdi.

Sherobod tuman iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan murojaat yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi

Bu kabi natijalar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tashkilotlariga murojaat qilish orqali mavjud muammolarni qonuniy va o‘zaro kelishuv asosida hal etish mumkinligini yana bir bor namoyon etadi.

Unutmang! Iste’molchi sifatida huquqlaringiz buzilgan taqdirda, 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening