Выберите язык

Angor tumanida iste’molchi tomonidan avtomobil ehtiyot qismlari bilan bog‘liq bildirilgan og‘zaki murojaat o‘rganilib, fuqaroning qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatildi.

Angor tumani Yangiobod mahallasida yashovchi fuqaro Sh.J. o‘z avtomashinasi uchun Termiz shahrida joylashgan avtoehtiyot qismlar do‘konidan “Fortuna” rusumli 4 dona shina xarid qilgan. Har bir shina 880 000 so‘mdan baholanib, jami xarid qiymati 3 520 000 so‘mni tashkil etgan.

Biroq shinalar avtomobilga o‘rnatish jarayonida ularning o‘lchami mashinaning texnik talablariga mos kelmasligi, ya’ni kichik ekani ma’lum bo‘lgan. Mazkur holat iste’molchining haqli e’tiroziga sabab bo‘lgan.

Fuqaro dastlab mahsulotni xarid qilgan do‘kon sotuvchisiga murojaat qilib, o‘lchami mos kelmagan shinalarni almashtirib berishni so‘ragan. Ammo masala joyida ijobiy hal etilmagach, iste’molchi amaliy yordam so‘rab Angor tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga og‘zaki tarzda murojaat qilgan.

Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan belgilangan tartibda o‘rganildi. O‘rganish jarayonida iste’molchining vajlari, xarid qilingan mahsulot holati, shinalarning avtomashinaga mos kelmagani hamda savdo do‘koni bilan bog‘liq holatlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Jamiyat xodimlari tomonidan do‘kon sotuvchisi bilan muloqot o‘tkazilib, amaldagi qonunchilik talablari, iste’molchining sifatli va o‘ziga mos mahsulot xarid qilish huquqi hamda sotuvchining iste’molchi oldidagi majburiyatlari tushuntirildi.

Olib borilgan tushuntirish va amaliy chora-tadbirlar natijasida fuqaroga o‘lchami mos kelmagan 4 dona shina o‘rniga avtomashinasiga to‘g‘ri keladigan shinalar almashtirib berildi.

Shu tariqa iste’molchining og‘zaki murojaati ijobiy hal etilib, uning buzilgan huquqi tiklandi. Murojaat yuzasidan fuqaroga tegishli tartibda javob xati yuborildi.

Mazkur holat har bir iste’molchi avtomobil ehtiyot qismlari, shinalar yoki boshqa texnik mahsulotlarni xarid qilishda mahsulotning o‘lchami, rusumi, texnik talablariga mosligi, kafolati va to‘lov hujjatlariga alohida e’tibor qaratishi zarurligini yana bir bor ko‘rsatadi.

Agar xarid qilingan mahsulot o‘lchami, turi, sifati yoki boshqa xususiyatlari bo‘yicha iste’molchiga mos kelmasa, u belgilangan tartibda mahsulotni almashtirish, to‘langan mablag‘ni qaytarish yoki boshqa qonuniy talablar bilan murojaat qilish huquqiga ega.

Angor tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqarolarning og‘zaki va yozma murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda savdo sohasida yuzaga kelayotgan nizoli holatlarga qonuniy yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Sizning ham iste’molchi sifatidagi huquqlaringiz buzildimi? 1091 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling!

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi
Surxondaryo viloyati hududiy birlashmasi Axborot xizmati

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening