Выберите язык

Sho‘rchi tumanida iste’molchi tomonidan xarid qilingan havo sovutgich bilan bog‘liq murojaat o‘rganilib, fuqaroning qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatildi.

Sho‘rchi tumani Oqqo‘rg‘on mahallasida yashovchi fuqaro A.M. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch raqamiga murojaat qilib, 2026-yil yanvar oyida Sho‘rchi tumanida joylashgan savdo shoxobchasidan 5 200 000 so‘mga havo sovutgich xarid qilgani, biroq mahsulotdan foydalanish jarayonida muammo yuzaga kelganligini bildirgan.

Murojaatda qayd etilishicha, xarid qilingan havo sovutgich talab darajasida ishlamagan hamda mahsulotni o‘rnatish va ishga tushirish bilan bog‘liq masalalar o‘z vaqtida hal etilmagan. Ushbu holat iste’molchining haqli e’tiroziga sabab bo‘lgan.

Mazkur murojaat belgilangan tartibda Sho‘rchi tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yuborilib, jamiyat mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida murojaatchining vajlari, xarid qilingan mahsulot holati, sotuvchi bilan tuzilgan og‘zaki kelishuvlar hamda savdo do‘koni vakillarining munosabati atroflicha ko‘rib chiqildi.

Holatni o‘rganishda Sho‘rchi tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ul xodimlari, savdo shoxobchasi vakili hamda murojaatchi ishtirok etdi. Tomonlar bilan olib borilgan suhbat davomida amaldagi qonunchilik talablari, iste’molchining sifatli mahsulot xarid qilish, mahsulotdan belgilangan tartibda foydalanish hamda sotuvchining iste’molchi oldidagi majburiyatlari tushuntirildi.

O‘rganish davomida sotuvchi tomonidan mahsulotni o‘rnatish va undan foydalanish bilan bog‘liq majburiyatlar lozim darajada bajarilmagani aniqlanib, masalani ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi. Natijada havo sovutgichni ta’mirlash, o‘rnatish va ishga tushirish bilan bog‘liq 800 000 so‘mlik xarajat savdo shoxobchasi tomonidan qoplab berildi. Shu tariqa iste’molchining murojaati ijobiy hal etilib, uning qonuniy manfaatlari tiklandi.

Mazkur holat maishiy texnika mahsulotlarini xarid qilishda mahsulotning sifati, kafolat muddati, o‘rnatish tartibi, foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma hamda sotuvchi tomonidan beriladigan majburiyatlarga alohida e’tibor qaratish zarurligini yana bir bor ko‘rsatadi.

Agar xarid qilingan maishiy texnika mahsuloti ishlamasa, nuqsonli bo‘lsa yoki sotuvchi tomonidan va’da qilingan xizmatlar ko‘rsatilmasa, iste’molchi qonunchilikda belgilangan tartibda mahsulotni ta’mirlash, almashtirish, to‘langan mablag‘ni qaytarish yoki yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish huquqiga ega.

Sho‘rchi tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida yuzaga kelayotgan nizoli holatlarni qonuniy hal etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Sizning ham iste’molchi sifatidagi huquqlaringiz buzildimi? 1091 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling!

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi
Surxondaryo viloyati hududiy birlashmasi Axborot xizmati

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening