Выберите язык

Boysun tumanida iste’molchi tomonidan xarid qilingan suv tortgich bilan bog‘liq murojaat o‘rganilib, fuqaroning qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatildi.

Boysun tumani “Tog‘chi” mahallasida yashovchi fuqaro T.T. tumandagi At-Termiziy ko‘chasida joylashgan maishiy texnika savdo do‘konidan 1 350 000 so‘m qiymatidagi suv tortgich, ya’ni nasos xarid qilgan. Biroq mahsulotdan foydalanish jarayonida uning talab darajasida ishlamasligi ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat iste’molchining haqli e’tiroziga sabab bo‘lgan. Fuqaro dastlab mahsulotni xarid qilgan savdo do‘koni mas’ullariga murojaat qilib, suv tortgich uchun to‘langan pul mablag‘ini qaytarish yoki mahsulotni shunga o‘xshash boshqa mahsulotga almashtirish masalasida amaliy yordam so‘ragan.

Masala joyida o‘z yechimini topmagach, iste’molchi Boysun tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan. Murojaat belgilangan tartibda qabul qilinib, jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida iste’molchining vajlari, xarid qilingan mahsulot holati hamda savdo do‘koni mas’ullarining munosabati atroflicha ko‘rib chiqildi. Jamiyat xodimlari tomonidan tomonlarga amaldagi qonunchilik talablari, iste’molchining sifatli mahsulot xarid qilish huquqi hamda sotuvchining iste’molchi oldidagi majburiyatlari tushuntirildi.

Olib borilgan o‘rganish va tushuntirish ishlari natijasida murojaat ijobiy hal etildi. Iste’molchiga sifatsiz chiqqan suv tortgich uchun to‘langan 1 350 000 so‘m mablag‘ qaytarib berildi. Shu tariqa fuqaroning qonuniy talabi qanoatlantirilib, uning iste’molchi sifatidagi buzilgan huquqi tiklandi.

Mazkur holat maishiy texnika vositalarini xarid qilishda mahsulot sifati, texnik holati, kafolat muddati, to‘lov hujjati va foydalanish shartlariga alohida e’tibor qaratish zarurligini yana bir bor ko‘rsatadi. Agar xarid qilingan mahsulot sifatsiz bo‘lsa yoki belgilangan tartibda ishlamasa, iste’molchi uni almashtirish, bepul ta’mirlash, narxini kamaytirishni talab qilish yoki to‘langan mablag‘ni qaytarib olish huquqiga ega.

Boysun tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi nizoli holatlarga qonuniy yechim topish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.

Sizning ham iste’molchi sifatidagi huquqlaringiz buzildimi? 1091 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling!

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi
Surxondaryo viloyati hududiy birlashmasi Axborot xizmati

 

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening