Выберите язык

Qurilish mahsuloti bo‘yicha murojaat

Namangan shahrida iste’molchining qurilish materiali xaridi bilan bog‘liq murojaati o‘rganilib, uning qonuniy manfaatlari tiklandi.

Ma’lum bo‘lishicha, iste’molchi Namangan shahrida joylashgan laminat savdosi bilan shug‘ullanuvchi do‘konga jami 7 700 000 so‘m miqdorida to‘lov qilgan. Biroq mahsulot yetkazib berilmagan va to‘langan mablag‘ ham qaytarilmagan.

Mazkur holat Namangan shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganildi. O‘rganish davomida sotuvchi bilan qonun doirasida tushuntirish ishlari olib borildi.

Natijada iste’molchining xohishiga ko‘ra to‘langan mablag‘ evaziga shu qiymatdagi boshqa qurilish materiallari olib berildi. Shu tariqa 7 700 000 so‘mlik masala iste’molchi foydasiga ijobiy hal etildi.

Hurmatli iste’molchilar, huquqlaringiz buzilgan taqdirda Federatsiyaning 1091 ishonch telefoni orqali murojaat qilishingiz mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening