Выберите язык

   2026-yil 4-iyul kuni O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Navoiy viloyat hududiy birlashmasi hamda Navoiy viloyat teleradiokompaniyasi hamkorligida Navoiy shahri va Karmana tumanidagi umumiy ovqatlanish shoxobchalari hamda savdo do‘konlarida jamoatchilik nazorati tadbiri o‘tkazildi.
  Tadbir davomida iste’molchilar uchun yaratilgan sharoitlar, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, iste’molga yaroqliligi, saqlash sharoitlari hamda iste’molchilar huquqlariga rioya qilinishi o‘rganildi.
  O‘rganishlar jarayoni Navoiy viloyat teleradiokompaniyasining “Sifat nazorati” tanqidiy va tahliliy ko‘rsatuvi uchun tasvirga olinib, mutaxassislar tomonidan mavjud holatlar yuzasidan izoh va tavsiyalar berildi.
Mazkur hamkorlikdagi jamoatchilik nazorati tadbirlari iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish, xizmat ko‘rsatish va savdo sohasida sifat hamda xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarida amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishini kuchaytirishga xizmat qiladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening