Выберите язык

Sifatsiz mahsulot nafaqat qurilishni, balki iste’molchining ishonchini ham yemiradi. Ammo qonun buzilgan ishonchni tiklashga xizmat qiladi. Yana bir murojaat natijasida iste’molchining qonuniy manfaatlari to‘liq ta’minlandi.

Baliqchi tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro S.M. tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga og‘zaki murojaat bilan yuzlandi.

Murojaatda qayd etilishicha, fuqaro o‘z xonadoni hovlisini obodonlashtirish maqsadida Baliqchi shahrida faoliyat yurituvchi yo‘lak qoplamasi ishlab chiqarish korxonasidan 8 million 600 ming so‘m evaziga beton qoplama toshlari buyurtma qilgan. Biroq yetkazib berilgan mahsulot belgilangan sifat talablariga javob bermagani aniqlangan.

Iste’molchi dastlab ishlab chiqaruvchidan mahsulotni sifatlisiga almashtirib berishni talab qilgan. Ammo qayta yetkazib berilgan beton qoplama toshlari ham nuqsonli bo‘lgani sababli, mahsulotni qabul qilishni rad etib, to‘lagan mablag‘ini qaytarishni so‘ragan. Shunga qaramay, ishlab chiqaruvchi iste’molchining qonuniy talabini ixtiyoriy ravishda qanoatlantirmagan.

Mazkur murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan belgilangan tartibda o‘rganildi. O‘rganish davomida mahsulotning amaldagi sifat talablariga nomuvofiqligi tasdiqlandi. Qonunchilik talablariga muvofiq olib borilgan tushuntirish ishlari va ko‘rilgan huquqiy choralar natijasida iste’molchining buzilgan huquqlari tiklanib, sifatsiz mahsulot uchun to‘langan 8 million 600 ming so‘m mablag‘ to‘liq qaytarilishi ta’minlandi.

Bu holat iste’molchining qonuniy huquqlari amalda ishonchli himoya qilinayotganining yana bir yorqin misolidir.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening