Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda sifatsiz tovarlar bilan bog‘liq muammolarga amaliy yechim topish borasida Boysun tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tegishli ishlar olib borilmoqda.
Yaqinda Boysun tumani “Poygaboshi” mahallasida yashovchi fuqaro Murtazoyev Tohir tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi. Fuqaro murojaatida Boysun tumani dehqon bozori hududida joylashgan maishiy mollar savdo do‘konidan 1 million so‘mga changyutgich (plessos) xarid qilgani, biroq mahsulot sifatsiz chiqqani va uni qaytarib olishni so‘raganida, do‘kon xodimining murojaatiga e’tibor qaratmaganini bildirgan.
Mazkur murojaat Boysun tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganildi. 2026-yil 6-avgust kuni o‘tkazilgan suhbat davomida murojaatchiga o‘rganish natijalari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Murojaat muallifi o‘rganish va berilgan tushuntirishlardan qanoat hosil qilganini ma’lum qildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha fuqaro Tohir Murtazoyevga xarid qilgan mahsulotini sifatlisiga almashtirish yoki ushbu mahsulot uchun to‘lagan pulini qaytarib olish mumkinligi tushuntirildi. Shuningdek, savdo do‘koni xodimiga iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun talablari hamda iste’molchining huquqlari haqida ma’lumot berildi.
Mazkur murojaatning o‘rganilishi iste’molchilarning o‘z huquqlarini bilishi va zarur hollarda ularni himoya qilish uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilishi muhimligini ko‘rsatadi.
Iste’molchi huquqi — qonun himoyasida! Har bir xaridor xarid qilayotgan tovarining sifati va xavfsizligiga ishonch hosil qilish, sifatsiz mahsulotga duch kelgan taqdirda esa qonunchilikda belgilangan huquqlaridan foydalanishga haqlidir.
Sifatsiz changyutgich bo‘yicha iste’molchiga huquqiy tushuntirish berildi
- Информация о материале
- Автор: Surxondaryo viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 16
























