Выберите язык

Ijtimoiy tarmoqlarda Qorako‘l tumanining chekka hududlarida go‘sht mahsulotlari narxi 130–140 ming so‘mgacha oshgani, qishloq joylarda narxlar ustidan nazorat mavjud emasligi, aholi go‘sht mahsulotlarini xarid qilishda qiyinchilikka duch kelayotgani hamda mas'ul ishchi guruhlar faoliyati samarasiz ekani haqida xabarlar tarqatilmoqda.

Mazkur xabarda keltirilgan ma'lumotlar tuman jamiyati tomonidan o‘rganilib, undagi da'volar o’z tasdig’ini topmadi.
Qorako‘l tumanida iste'mol bozoridagi narx-navolar, xususan, go‘sht mahsulotlari narxi yuzasidan monitoring ishlari doimiy ravishda olib borilmoqda. Tuman hokimligi, tegishli nazorat organlari hamda mutasaddi tashkilotlar tomonidan bozorlarda va savdo shoxobchalarida narxlarning asossiz oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan muntazam nazorat tadbirlari tashkil etilgan.

O‘tkazilgan monitoringlar natijasiga ko‘ra, bugungi kunda tumanning barcha hududlarida mol go‘shti narxi o‘rtacha 90 ming so‘mdan 110 ming so‘mgacha bo‘lgan narxlarda sotilmoqda.

Ayni kunlarda eng ulug‘, eng aziz bayramimiz – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan aholini sifatli va hamyonbop oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash maqsadida Qorako‘l dehqon bozorida arzonlashtirilgan go‘sht mahsulotlari yarmarkalari tashkil etilgan. Ushbu yarmarkalar orqali aholiga bozor narxlaridan arzonroq narxlarda go‘sht mahsulotlari taklif etilmoqda.

Shu munosabat bilan, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan mazkur xabarda keltirilgan holatlar umumlashtirilgan va biryoqlama talqin qilinganini, ayrim xulosalar esa rasmiy o‘rganishlar hamda ishonchli ma'lumotlar bilan tasdiqlanmaganini ma'lum qilamiz.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening