Выберите язык

Bugun internet kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Ta’lim, ish, muloqot va turli xizmatlardan foydalanishda barqaror internet muhim ahamiyat kasb etadi.

Andijon tumani, Xortun MFY, O‘rikzor ko‘chasida yashovchi fuqaro D.Jo‘rayev xonadonida internet xizmati kutilmaganda uzilib qolgach, muammoni hal etish maqsadida O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 ishonch telefoniga murojaat qildi.

Murojaat Andijon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan tezkorlik bilan o‘rganildi. Provayder mas’ullari bilan amaliy hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, tarmoqdagi nosozlik bartaraf etildi. Natijada xonadonga internet xizmati qayta tiklanib, iste’molchining murojaati ijobiy hal etildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening