Sho‘rchi tumanida fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi
Iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda yuzaga kelgan muammolarga amaliy yechim topish borasida Sho‘rchi tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tegishli ishlar olib borilmoqda.
Sho‘rchi tumani “Tamaddun” MFYda yashovchi fuqaro Chorиеva Tursunoy jamiyatga murojaat qilib, tuman markazida joylashgan “Chinnichi” savdo do‘konidan idishlar to‘plamini xarid qilganini bildirgan.
Murojaatda qayd etilishicha, fuqaro idishlar to‘plami uchun 758 ming so‘m to‘lagan. Xarid qilingan mahsulotlarni uyiga olib borib, tekshirib ko‘rganida esa ayrim idishlarning bir-biriga mos kelmasligi, shuningdek, ba’zi idishlarning yaroqsiz va sifatsiz ekanligi ma’lum bo‘lgan.
Shundan so‘ng fuqaro xarid uchun to‘langan mablag‘ni qaytarishni so‘rab jamiyatga murojaat qilgan.
Mazkur murojaat “Chinnichi” savdo do‘koni mas’ullari bilan hamkorlikda o‘rganildi. O‘rganish yakunlariga ko‘ra, iste’molchining talabi inobatga olinib, idishlar to‘plami uchun to‘langan mablag‘ to‘liq qaytarib berildi.
Natijada fuqaro murojaatida ko‘tarilgan masala amaliy jihatdan ijobiy hal etilib, unga 785 ming so‘m mablag‘ “Chinnichi” savdo do‘koni mas’ullari tomonidan qaytarildi.
Mazkur holat iste’molchi murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, savdo jarayonida mahsulot sifatiga e’tibor qaratish hamda iste’molchilarning qonuniy talablarini ta’minlash muhimligini ko‘rsatadi.
Iste’molchi huquqi — qonun himoyasida! Har bir xaridor sotib olayotgan mahsulotining sifati va yaroqliligiga e’tibor qaratishi, kamchilik yoki muammo aniqlangan taqdirda esa o‘z huquqlarini qonuniy tartibda talab qilishi mumkin.
























