Выберите язык

 

Boysun tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumandagi mahallalardan birida yashovchi fuqaro tomonidan yozma murojaat kelib tushdi.

Murojaatda iste’molchi “Istiqlol” ko‘chasi hududida joylashgan savdo do‘konidan 4 060 000 so‘mga xarid qilgan oshxona mebellari jamlanmasi sifatsiz chiqqanini, mahsulotni qaytarish bo‘yicha qilgan murojaatiga do‘kon xodimlari e’tibor qaratmaganini bildirgan.

Mazkur murojaat yuzasidan tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida iste’molchiga amaldagi qonunchilikka muvofiq, sifatsiz mahsulot uchun to‘langan pul mablag‘i qaytarib berildi.

Shuningdek, savdo do‘koni xodimiga ham “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun talablari hamda iste’molchining qonuniy huquqlari bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening