Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning iste’molchi sifatidagi qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda sifatsiz tovarlar bilan bog‘liq muammolarni qonuniy tartibda hal etish borasida Boysun tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda.
Boysun tumani “Pulhokim” mahallasida yashovchi fuqaro Davidov Karim Xolmat o‘g‘li tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi. Fuqaro o‘z murojaatida At-Termiziy ko‘chasida joylashgan aralash mollar savdo do‘konidan 3 million 400 ming so‘mga muzlatgich xarid qilgani, biroq xariddan so‘ng mahsulot nosoz chiqqanini bildirgan. Shuningdek, do‘kon xodimidan mahsulotni qaytarib olishni so‘raganida, murojaati e’tiborsiz qoldirilganini ma’lum qilgan.
Mazkur murojaat Boysun tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganildi. Murojaat yuzasidan fuqaro bilan telefon orqali suhbat o‘tkazilib, o‘rganish natijalari va iste’molchi sifatidagi huquqlari haqida tegishli tushuntirishlar berildi. Murojaatchi o‘tkazilgan o‘rganish hamda berilgan tushuntirishlardan qanoat hosil qilganini bildirdi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha fuqaro Karim Davidovga xarid qilgan nosoz muzlatgichni sifatlisiga almashtirish yoki mahsulot uchun to‘lagan 3 million 400 ming so‘m mablag‘ini qaytarib olish imkoniyati mavjudligi tushuntirildi. Shuningdek, savdo do‘koni xodimiga iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun talablari hamda xaridorning qonuniy huquqlari haqida ma’lumot berildi.
Shu bilan birga, murojaatchiga o‘rganish natijasidan norozi bo‘lgan taqdirda yuqori turuvchi organga murojaat qilish huquqi ham tushuntirildi.
Mazkur murojaat iste’molchilarning o‘z huquqlarini bilishi va sifatsiz tovar xarid qilgan hollarda qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilishi muhimligini yana bir bor ko‘rsatadi.
Iste’molchi huquqi — qonun himoyasida! Boysun tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, ularga huquqiy tushuntirish berish va buzilgan huquqlarini tiklashga ko‘maklashish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Sifatsiz muzlatgich bo‘yicha iste’molchiga huquqiy tushuntirish berildi
- Информация о материале
- Автор: Surxondaryo viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 12
























