Выберите язык


Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda kommunal xizmatlar bilan bog‘liq muammolarga amaliy yechim topish borasida Sariosiyo tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tegishli ishlar olib borilmoqda.
Sariosiyo tumani Gulobod mahallasida yashovchi fuqaro Jabborov Muhibullo O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining 1091 ishonch telefoni orqali murojaat qilib, mahallani suyultirilgan gaz bilan ta’minlash masalasida amaliy yordam so‘ragan.
Mazkur murojaat o‘rganish uchun Sariosiyo tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yuborildi. Murojaat jamiyat xodimi M. O‘lmasov, Sariosiyo tuman gaz bo‘limi mas’ul xodimi Z. Qumriddinov hamda murojaatchining ishtirokida atroflicha o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida fuqaroning murojaatida ko‘rsatilgan holatlar yuzasidan tegishli mas’ullar bilan fikr almashilib, Gulobod mahallasini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash navbat asosida amalga oshirilishi ma’lum qilindi.
Shuningdek, murojaatchiga o‘rganish natijalari yuzasidan tegishli tushuntirish berildi. Fuqaro murojaatidan norozi bo‘lgan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda yuqori turuvchi tashkilotlarga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega ekanligi ham tushuntirildi.
Mazkur murojaatning o‘rganilishi aholi tomonidan ko‘tarilayotgan ijtimoiy va maishiy masalalarni joyiga chiqib o‘rganish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ularga huquqiy tushuntirish berish va mavjud imkoniyatlar doirasida yechim topish muhimligini ko‘rsatadi.
Iste’molchi huquqi — qonun himoyasida! Fuqarolarning murojaatlari Sariosiyo tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan doimiy e’tiborda bo‘lib, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening