Выберите язык

Muzrabot tumanida fuqaroning xizmat sifati bo‘yicha murojaati ijobiy hal etildi

Iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatiga oid muammolarni amaliy hal etish borasida Muzrabot tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.

Muzrabot tumani “Shaffof” mahallasida yashovchi fuqaro To‘raqulova Sokina jamiyatning ijro etuvchi apparati ishonch telefoniga murojaat qilib, tadbirkor tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmat sifatsiz va o‘z vaqtida bajarilmayotganidan noroziligini bildirgan.

Fuqaroning murojaati 2026-yil 31-avgustdagi № IT/J-92-son bilan ro‘yxatga olinib, jamoatchilik tartibida o‘rganildi. O‘rganish davomida murojaatda ko‘tarilgan masala tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, iste’molchiga sifatsiz va o‘z vaqtida ko‘rsatilmagan xizmat yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatildi.

Natijada fuqaroning murojaati ijobiy hal qilinib, xizmat uchun to‘langan 315 000 so‘m mablag‘ to‘liq qaytarib berildi.

Murojaatining ijobiy hal etilganidan mamnun bo‘lgan fuqaro 2026-yil 18-sentabr kuni jamiyat boshqaruvi nomiga minnatdorchilik xati ham yo‘llagan. Bu esa murojaat bo‘yicha ko‘rilgan choralar natijador bo‘lganini ko‘rsatadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening