Выберите язык

Sho‘rchi tumanida fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi

Iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda yuzaga kelgan muammolarga amaliy yechim topish borasida Sho‘rchi tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.

Sho‘rchi tumani “Bobotog‘” MFYda yashovchi fuqaro Xolмurotova Gavhar Sho‘rchi tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilib, farzandi uchun xarid qilingan oyoq kiyim bilan bog‘liq muammoni bildirgan.

Fuqaroning ma’lum qilishicha, u Sho‘rchi tuman markaziy bozori hududida joylashgan YTT Choriyeva Go‘zalga qarashli savdo do‘konidan farzandi uchun 110 000 so‘mga oyoq kiyimi xarid qilgan.

Oradan bir hafta ham o‘tmasdan xarid qilingan oyoq kiyimining sifatsizligi ma’lum bo‘lgan. Shu sababli fuqaro savdo do‘koniga murojaat qilib, xarid uchun to‘langan mablag‘ni qaytarishni so‘ragan. Biroq dastlab do‘kon sotuvchisi pulni qaytarishni rad etgan.

Mazkur murojaat do‘kon sotuvchisi va fuqaro ishtirokida o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijasida iste’molchining talabi inobatga olinib, oyoq kiyim uchun to‘langan 110 000 so‘m mablag‘ to‘liq ravishda fuqaroga qaytarib berildi.

Natijada fuqaroning murojaati ijobiy hal etilib, uning xarid qilingan mahsulot bilan bog‘liq muammosi amaliy tarzda bartaraf etildi.

Mazkur holat iste’molchilarga sotilayotgan mahsulotlarning sifatiga e’tibor qaratish, xaridorlarning qonuniy talablarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va yuzaga kelgan nizolarni o‘zaro hamkorlik asosida hal etish muhimligini ko‘rsatadi.

Iste’molchi huquqi — qonun himoyasida! Har bir xaridor xarid qilgan mahsulotida nuqson yoki sifat bilan bog‘liq kamchilik aniqlangan taqdirda, o‘z huquqlarini himoya qilish uchun tegishli tartibda murojaat qilish huquqiga ega.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening