Выберите язык

Qoraqalpogʻiston Respublikasi isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga Toʻrtkoʻl tumanida joylashgan «S.T» doʻkoniga tegishli isteʼmolchidan shikoyat kelib tushdi. Isteʼmolchi sotib olgan muzlatgichi ishdan chiqib, kafolat muddati ichida ham tuzatish ishlari kechiktirilib kelinganligidan norozi boʻlgan.

Federatsiya mutaxassislari bu masalani «Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonunning 33-moddasi boʻyicha oʻrganib chiqdi. Tegishli tartibda tushuntirish ishlari yuritilib, isteʼmolchining buzilgan huquqlari qayta tiklandi.

Natijada isteʼmolchi muzlatgichiga zarur boʻlgan qismlar bilan taʼminlanib, tuzatish masalasi boʻyicha muammosi oʻz yechimini topdi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening