SOG‘LIQNI SAQLASH MUASSASALARIDA JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILMOQDA
Namangan viloyati iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi hamda uning tuman va shahar jamiyatlari tomonidan sog‘liqni saqlash muassasalarida jamoatchilik nazorati asosida monitoring tadbirlari olib borilmoqda.
O‘rganishlar davomida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifati, bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, dori-darmonlar bilan ta’minlanganlik holati, navbatlarni tartibga solish hamda murojaatlarga o‘z vaqtida munosabat bildirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, tibbiyot muassasalarida aholiga ko‘rsatiladigan pulli va bepul xizmatlar haqidagi ma’lumotlarning ochiqligi, xizmat ko‘rsatish madaniyati, bemorlarning huquq va manfaatlari ta’minlanishi ham jamoatchilik nazorati doirasida o‘rganilmoqda.
Monitoring jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Mazkur tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholiga sifatli va samarali tibbiy xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash, iste’molchilarning qonuniy huquq hamda manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimida ochiqlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishdan iborat.
sog‘liqni saqlash muassasalarida jamoatchilik nazorati o‘tkazilmoqda
- Информация о материале
- Автор: Namangan viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 9
























