Выберите язык

  2026 -yil   27-iyul  kuni Navoiy shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Navoiy shahrida yashovchi fuqaro U.D ning og'zaki  murojaati qabul qilindi.Unda fuqaro 250 000 so'mga sotib olgan kolbasa mahsuloti sifatsiz chiqqanidan norozilik bildirgan.

 Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Navoiy shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan navbatdagi murojaat ijobiy hal etildi.
  Fuqaroning og'zaki murojaati asosida Navoiy shahridagi savdo do‘konida kuzatuv-o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida murojaatda keltirilgan kamchiliklar o‘z tasdig‘ini topdi.
Natijada iste’molchining huquqlari tiklanib, sifatsiz mahsulot uchun to‘langan 250 ming so‘m pul mablag‘i fuqaroga to‘liq qaytarildi. 
 Navoiy shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati bundan buyon ham iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlariga qonunchilik doirasida amaliy yechim topish borasidagi ishlarni izchil davom ettiradi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening