Выберите язык

   Tomdi tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tumandagi savdo nuqtalarida jamoatchilik nazorati tartibida monitoring-o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Monitoring tadbirlaridan ko‘zlangan asosiy maqsad iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan savdo xizmatlari sifatini o‘rganish, amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilish hamda iste’molchilar huquqlarining ta’minlanish holatini baholashdan iborat.
   O‘rganishlar davomida mahsulotlarning sifati va xavfsizligi, yaroqlilik muddati, narxnomalarning mavjudligi, saqlash sharoitlari, iste’molchilar uchun yaratilgan qulayliklar hamda savdo madaniyatiga rioya etilishi alohida e’tibor markazida bo‘lmoqda.
  Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan savdo shoxobchalari mas’ullariga tegishli tavsiyalar berilib, iste’molchilar manfaatlarini ishonchli himoya qilish hamda sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening