Выберите язык

📌 SO‘ZANGARON ABU ALI IBN SINO NOMIDAGI JAMOAT SALOMATLIGI TEXNIKUMIDA MONITORING O‘TKAZILDI
Samarqand viloyati Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati hududiy birlashmasi ishchi guruhi tomonidan So‘zangaron Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida monitoring ishlari olib borildi.
🔹 Monitoring davomida ta’lim muassasasida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv xonalari va umumiy foydalanish joylarining holati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, ichimlik suvi ta’minoti, ovqatlanish shoxobchasi faoliyati hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.
🔹 Shuningdek, iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ta’lim oluvchilar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratish, mavjud kamchiliklarni aniqlash hamda ularning oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.
⚖️ O‘rganish jarayonida iste’molchilar huquqlariga oid talablarning bajarilishi, xizmatlar sifati va mavjud sharoitlarning belgilangan me’yorlarga muvofiqligi monitoring qilindi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening